Ular 7-sinfdan boshlab oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi va kasbiy qiziqishi boʻyicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yoʻnaltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga oʻtib, maktabda oʻqish fikridan qaytgan yoshlar ham taʼlimni texnikumda davom ettirishi mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga oʻqitiladi.
«Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning roʻzgʻori but boʻladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi», – dedi Prezident.