Olmada S, V1, V2, R, E, А vitaminlari, kaliy, marganets va temir moddalari koʼp miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha aʼzolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va E darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va toʼqimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini meʼyorlashtirishi, tish emali va suyak toʼqimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda koʼp bora oʼz isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga koʼmaklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq boʼlishini taʼminlaydi.

Olmaning 80 foizi suvdan, qolgan 20 foizi foydali vitaminlardan tashkil topgan. 100 g yangi uzilgan olmada bor-yoʼgʼi 47 kilokaloriya mavjud. Unda yogʼlar deyarli yoʼq. Biroq tarkibi uglevodlarga boy boʼlgani uchun toʼyimlilik darajasi yuqori. Shu sababdan ozishni istaganlar uchun yaxshi oziq boʼla oladi. Mamlakatimizda olma isteʼmoliga talab yuqori, ayni paytda rastalarda meva narxi qimmatlashgan.

Davlat statistika qoʼmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʼra, noyabr oyida olmaning narxlari oktyabr oyiga nisbatan oʼrtacha 4,2 % ga qimmatlashgan.

Yil boshidan buyon olma narxlari oʼrtacha 16 % ga qimmatlashgan.

2021-yilning 7 oyida Oʼzbekiston 5 ta davlatga qiymati 4,2 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 8,6 ming tonna olma eksport qilgan.