Tadbirda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kombinat jamoasiga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Kuni kecha, Davlatimiz rahbari yubiley sana munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlaridan bir guruhini mukofotlash boʻyicha tegishli Farmonni imzolagan edi.
Tadbirda davlatimizning ana shu yuksak mukofotlarini Prezidentimiz nomidan Bosh vazir oʻz egalariga topshirdi.
Mukofotlangan konchi va metallurglar yuksak eʼtibor uchun Davlatimiz rahbariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Tadbir soʻnggida konsert dasturi namoyish etildi.