Musobaqada Andijon, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahridan 80 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Chempionatni oʻtkazish jarayonida Olmaliq shahar hokimligi hamda shahar Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi yaqindan yordam berdi. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan murabbiy, Boshqirdiston Respublikasi zamonaviy beshkurash Olimpiya zaxiralari sport maktabining direktori Vadim Chudnovskiy esa musobaqaga bosh hakamlik qildi.
Bu kabi musobaqalarni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – mamlakatimizda zamonaviy beshkurashni ommalashtirish va yoshlarning Oʻzbekiston uchun yangi sport turiga boʻlgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.