Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, muhim qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Davlatlarimiz Rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga oʻzaro munosabatlarni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab bergan.
Uchrashuvda mazkur vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil roʻyobga chiqarish masalalari koʻrib chiqildi.