Seysmostantsiyalar tarmog'i 25-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 2.35 da tabiiy hodisani qayd etdi.
Qayd etilishicha, 5,1 magnitudali zilzila o'n kilometr chuqurlikda sodir bo'lgan. Olmaota aholisi 2 magnitudali zilzilalarni his qildi.
Fuqarolar Moskva vaqti bilan soat 1.21 da 5,9 magnitudali navbatdagi zilzilani his qilishgan. Zilzila o'chog'i Olmaotadan 273 kilometr janubi-sharqda Xitoy hududida joylashgan. Olmaotaliklar 2 magnitudali silkinishlarni his qilishgan.
Seshanbaga o'tar kechasi Qozog'iston va Qirg'iziston chegarasida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo'lgandi. O'shanda Olmaota aholisi 5 magnitudali yer silkinishini his qilgan. Mahalliy hokimlik ma'lumotlariga ko'ra, zilzila oqibatida 67 kishi jabrlangan. Uch kishi turar-joy binolarining ikkinchi va uchinchi qavatlaridan sakragan, ulardan birining ahvoli og'ir.
Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yaqin kunlarda Olmaotada kuchli zilzilalar kutilmasligini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.