Olmaotaga ketayotgan fuqaro Oʻzbekistondan olib chiqilishi mumkin boʻlmagan gilam bilan qoʻlga tushdi

    Madaniyat 12 Iyul 2025 798

    Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, taxminiy qiymati 5 mln. soʻmlik mazkur gilam sudning qonuniy qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha olindi.

    Qayd etilishicha, “Toshkent–Almata“ xalqaro yoʻlovchi poyezdi orqali chet davlatga chiqib ketayotgan yoʻlovchining yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganda, yuklari orasida 1 dona gilam borligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, gilam vaqtincha saqlovga olinib, holatga aniqlik kiritish maqsadida badiiy ekspertiza tayinlangan.

    Madaniy meros agentligining tegishli xulosasiga koʻra, ushbu gilam badiiy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy boylik sifatida baholanib, Oʻzbekiston hududidan olib chiqilishi mumkin emasligi maʼlum qilindi.