Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma'lum qilishicha, 4-may kuni Olmaota viloyati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida besh oylik ikkita sher bolasini noqonuniy saqlagan 2001-yilda tug'ilgan fuqaro A. fosh etildi.
U Qozog'iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 339-moddasi 1-qismi bilan jinoyat sodir etgan. Mazkur holat Karasay tumanida sodir bo'ldi.
Tergovga qadar olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ikkita sher bolasi uyda saqlanayotgani va ularni Olmaota shahrida yashovchi fuqaro A. olib kelgani aniqlangan.
Politsiya xodimlari joyni ko'zdan kechirib, sher bolalarini topib olishdi.
Mazkur dalil bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'ash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.