Toshkent shahrining Olmazor tumanida 24 yoshli yigit o'ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda deb yozdi UzRreport.news.

Hodisa  bo'yicha joriy yilning 19-iyun kuni soat 23:17 larda Olmazor tumani IIO FMB Navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, Toshkent viloyati Toshkent tumani Ko'kterak qishlog'i Xamsa ko'chasi 66-uyda yashovchi 1999-yilda tug'ilgan S.Q. chap va o'ng son qismidan o'tkir tig'li jismdan tan jarohati bilan o'lik holatda shifoxonaga olib kelingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatni fosh etish choralari ko'rilmoqda.