Qabulda shuningdek tuman hokimligi, Ichki ishlar organlari faoliyatining muvofiqlashtirish boshqarmasi, hududiy tibbiyot birlashmasi, turar-joy kommunal va yoʻl xizmatlari vakillari, mahallalar raislari ishtirok etishdi. Jami qabulga yigirmadan ortiq kishi kelib, ulardan bir nechtasi poytaxtning boshqa tumanlarida yashovchilar edi.

Ichki ishlar organlari faoliyatiga doir, xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi, Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi va boshqa xizmatlar boʻyicha savollar berildi.

Olmazor tumani aholisi yoʻl belgilarini oʻrnatish, imtiyozli tarzda malakali tibbiy yordam olishda yordam berishni, turar joy-kommunal va yoʻl xoʻjaligi sohalariga doir kamchiliklarni bartaraf qilishni iltimos qilishdi.

Har bir murojaat Toshkent shahar IIBB rahbariyatining va tegishli tuzilmalarning nazoratiga olindi. Murojaatlardan bir qismi joyda hal qilindi.