Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 7-oktyabr soat 09:00 dan 12-oktyabr 17:00 gacha Olmazor tumani Rixsiliy koʻchasining Yangi Qoraqamish koʻchasi bilan kesishmasidan Binkat koʻchasigacha boʻlgan qismida taʼminot quvurlari taʼmirlanadi.

Shu sababli, yoʻlning bir tomoni transport harakati uchun yopiladi. Har ikki yoʻnalishda harakatlanish yoʻlning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.