Fargʻona viloyati, Furqat tumani “Kattayangi” mahalla fuqarolar yigʻini “Olotoy” qishlogʻiga 80 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlari oʻrnatilib, 600 metrdan ortiq masofaga 10 kVli, 1 ming 400 metr uzunlikda 0,4 kVli elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari bajarilgan. Bu haqda “Fargʻona HETK” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, hududga “Obod qishloq” dasturi boʻyicha quvvati 160 kVA boʻlgan transformator punkti olib kelib oʻrnatilgan.

Hududdagi mavjud elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish borasida yakuniy montaj ishlari amalgan oshirilmoqda.

Tez orada “Olotoy” qishlogʻidagi 100 dan ortiq xonadonlar elektr taʼminoti yangi zamonaviy tarmoqqa ulanadi.

Avvalroq Qoʻshtepa tumani Qiyqi mahallasidagi abgor “stolba”lar haqida lavha berilgan edi.