Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati bergan maʼlumotga koʻra, Yangiyoʻl tumanida Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga qarashli yangi yongʻin - qutqaruv qism binosi foydalanishga topshirildi.
Binoning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari Lazizbek Latifjonov, viloyat hokimi oʻrinbosari Shukurullo Mahmudov, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutasaddilari, tizim faxriylari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Barcha qulayliklarga ega xizmat xonalari hamda zamonaviy texnikalar bilan toʻliq taʼminlangan mazkur bino m-39 avtomobil yoʻlining yaqinida joylashgan boʻlib, tumandagi “Xalqobod”, “Vatan”, “Nihol”, “Markaz”, “A.Navoiy”, “Tuyaboʻgʻiz” hamda “Chamanzor” mahalla fuqarolar yigʻini aholisiga favqulodda vaziyatlarda xizmat koʻrsatadi.