Olovga va suvga chidamli mato ishlab chiqildi

    Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti olimlari olov, suvga chidamli “aqlli” mato yaratishdi.

    Mato meta-aramid tolalariga asoslangan. Mato Selsiy shkalasi bo'yicha 450 darajagacha issiqlikka bardosh bera oladi, ammo rangni o'ziga qiyin singdiradi.

    Uni ishlab chiqqan olimlar matoni bo'yalgan holda ishlab chiqish hamda chidamliligini oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Mato mustahkamligini yo'qotmasdan -80 dan +50 darajagacha haroratga bardosh bera oladi.

    Himoya kostyumlari va maxsus kiyimlar tikishda yoki mebel yoki pol qoplamalari ishlab chiqarish, transport vositalari hamda fazoviy kemalar bezaklarini tayyorlashda mazkur materialdan foydalanilishi mumkin.

    Ushbu material sinovlardan o'tkazildi hamda mahalliy ishlab chiqarishga joriy qilinyapti, deyiladi mir24.tv saytida.