Davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.Xudaybergenov rahbarligida tuzilgan Respublika ishchi guruhi shu yilning 11-16-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida ommaviy qabullar oʻtkazadi.

Respublika ishchi guruhi aholi bilan ochiq-jonli muloqotlar olib boradi.

Prezident Administratsiyasi masʼullari bilan birga, quyidagi vazirlik, qoʻmita va respublika tashkilotlari rahbarlari aholini qabul qiladi:

  • Vazirlar Mahkamasi
  • Oliy sud
  • Sudyalar Oliy kengashi
  • Bosh prokuratura
  • Davlat soliq qoʻmitasi
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
  • Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi
  • Ichki ishlar vazirligi
  • Moliya vazirligi
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
  • Sogʻliqni saqlash vazirligi
  • Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
  • Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash vazirligi
  • Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
  • Xalq taʼlimi vazirligi
  • Maktabgacha taʼlim vazirligi
  • Qurilish vazirligi
  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi
  • Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
  • Markaziy bank
  • Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
  • “Oʻzbektelekom” AJ
  • “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
  • “Hududgaztaʼminot” AJ
  • “Oʻzsuvtaʼminot” AJ
  • Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
  • Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman)
  • Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Ommaviy qabullar oʻtkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

 

Surxondaryo viloyatida oʻtkaziladigan ommaviy qabullar jadvali

Aholi keladigan

hududlar nomi

Sayyor qabul oʻtkaziladigan joy

Sana va vaqti

Qumqoʻrgʻon,

Bandixon va Shoʻrchi

“Yangi yer” MFY,
20-sonli musiqa va sanʼat maktabi binosida

11-iyun

soat 10:00 dan

Denov,

Oltinsoy

“Istiqbol” MFY,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida

12-iyun

soat 10:00 dan

Sariosiyo,

Uzun

“Shoxjahon” MFY,

Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida

13-iyun

soat 10:00 dan

Jarqoʻrgʻon,

Termiz, Termiz sh.

“Surxon sohili” MFY, Madaniyat uyi binosida

14-iyun

soat 10:00 dan

Angor,
Muzrabot, Sherobod va Qiziriq

“Madaniyat” MFY,

Monomarkaz binosida

15-iyun

soat 10:00 dan

Boysun

“Oʻrta Machay” MFY,

oilaviy poliklinika bogʻida

16-iyun

soat 10:00 dan

Keyingi viloyatlardagi ommaviy qabullar haqida oldindan maʼlum qilinadi.