Oltiariqda “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” ochildi

    Raqamlashtirish 14 Yanvar 2021 1453

    Oltiariq tumanida navbatdagi “Raqamli texnologiyalari oʻquv markazi” ochildi.

    Ochilish marosimida Fargʻona viloyat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Oltiariq tumani hokimi, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.

    — Markazda koʻrkam va shinam xonalar tashkillashtirildi, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlandi hamda yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanib yoshlarga barcha kerakli sharoitlar yaratib berildi, – deydi Oltiariq tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Faxriddin Mahmudov.

    Oʻquv markazida yiliga tumanning 2000ga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, zamonaviy raqamli texnologiyalarni oʻrgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib olingan.

    Sh.TOʻXTAMATOV,

    jurnalist.