Fuqaro T.J. oʻzining boshqaruvidagi davlat raqami 85 J 126 BA boʻlgan Ford rusumli avtomashinasida 17 ta qopga joylangan 1264 kg ogʻirlikdagi tarkibida oltin zarralari boʻlgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa oʻzining boshqaruvidagi davlat raqami 85 S 684 SA boʻlgan Ford rusumli avtomashinasida 33 ta qopga joylangan 1654 kg ogʻirlikdagi toshlarni olib chiqib ketayotganida toʻxtatib qolinib xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari boʻlgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 gr 604863,5 soʻm belgilangan narxda)tekshirib koʻrilganda fuqaro T.J.tomonidan oʻzlashtirilgan 1264 kg ogʻirlikdagi toshlardan 148 gr (89 000 000 soʻm) miqdordagi oltin moddasi borligi, fuqaro Sh.M. dan olingan 1654 kg ogʻirlikdagi toshlardan esa 234 gr(141 000 000) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Novoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.