“Oltin qalam” bosh milliy mukofoti gʻolibiga avtomobil beriladi

    Jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofotining bosh sovriniga 2023-yildan boshlab avtomobil qoʻyiladi.

    Bu haqda huquqiyaxborot telegram kanali maʼlum qildi.

    Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilanganidek, 2023-yildan boshlab “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari qoʻyidagicha taqdirlanadi:

    — bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;

    — 1-oʻrin uchun – BHMning 200 baravari (60 mln soʻm) miqdorida;

    — 2-oʻrin uchun – BHMning 175 baravari (52,5 mln soʻm) miqdorida;

    — 3-oʻrin uchun – BHMning 150 baravari (45 mln soʻm) miqdorida;

    —12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – BHMning 100 baravari (30 mln soʻm) miqdorida.