U 22-oktyabr kuni xalq deputatlari Oltinkoʻl kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman faollariga tanishtirildi.
Iqboljon Matroʻziyev 1984-yilda Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 2008-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Ish faoliyatini 2003-yilda Jalaquduq tumanidagi 50-maktabgacha taʼlim muassasasidan boshlangan.
Turli yillarda Jalaquduq tumani xalq taʼlimi boʻlimi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori, iqtisodchisi, Moliya boʻlimi byudjet inspeksiyasi boshligʻi, moliya boʻlimi mudiri, viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. U shu kunga qadar Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi edi.
Eslatib oʻtamiz, Oltinkoʻl tumani hokimi 54 yoshli Nazirjon Oʻrinboyev 7-oktyabr kuni pnevmoniya kasalligi asoratlari va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgandi.