6223 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun avvalo sharoit yaratilishi lozim.

Eski bino taʼmirtalab ahvolga kelib qolganligi, shunga yarasha tibbiy xizmat sifatiga ham taʼsir qilayotgani fuqarolarning murojaatiga sabab boʻlayotgan edi. Navroʻz ayyomi arafasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida oilaviy shifokorlik punkti zamonaviy tipda qayta taʼmirlandi.

2020-2023 yillar davomida Beruniy tumanidagi Oltinsoy, Qizil qalʼa va Doʻstlik OFY ogʻir hudud toifasiga kiritilgan boʻlib, bu yillar davomida mazkur hududlarda bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Xususan Oltinsoy OFY da davlat Bojxona Qoʻmitasi homiyligida 6 ta aholi manzilida tozalangan ichimlik suvi filtrlari oʻrnatildi.

Investitsiya dasturi asosida 120 oʻringa moʻljallangan zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 10 kilometr ichki tuproq yoʻllarga qum-shagʻal aralashmasi yotqizilib, ijtimoiy infrastruktura yaxshilandi.