Bu Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasi Geologiya-mineralogiya instituti Sibir bo'limi va Oltoy davlat universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida aniqlandi.

Qayd etilishicha, 2010-yilgacha dala tadqiqotlari olib borilgan Katta Maashey muzligi yiliga 6-7 metrga qisqargan. Endi u har yili o'rtacha 14 metrga chekinmoqda.

Geograflar bir qator tadqiqot usullarini olib borish orqali shunday xulosaga kelishdi. Ular o'tgan asrning birinchi yarmidan boshlab muzliklarni o'rganib, hududning turli yillardagi sun'iy yo'ldosh tasvirlarini tahlil qilishdi. Shuningdek, tizma hududidagi harorat va yog'ingarchilik dinamikasi ham hisobga olindi.

Muzliklarning erishi tog' ekotizimiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkinligini ta'kidlashdi olimlar. Muzliklarning erib ketishi tog'lardagi bo'sh jinslarning eroziyasini keltirib chiqarishi, bu esa o'z navbatida, ko'chkilarni yuzaga keltirishi mumkin.

Bu yil Antarktidada so'nggi 44 yildagi eng kam dengiz muzligi qayd etildi. Shu bilan birga, jahon okeani sathi ham ko'tarildi. NASA so'nggi 30 yildagi sun'iy yo'ldosh ma'lumotlarini tahlil qilib, 1993-yildan beri dengiz sathi to'qqiz santimetrdan ko'proqqa ko'tarilgan degan xulosaga keldi, deb xabar beradi aif.ru.