Qayd etilishicha, N.A. nomaʼlum shaxs bilan lazer kesuvchi uskuna yordamida kesib berishni kelishgan va uning bank kartasiga 2.640.000 soʻm pul oʻtkazib bergan, biroq nomaʼlum shaxs tovarni yetkazib bermagan.
Shundan soʻng N.A. tegishli organlarga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida ushbu jinoyat Toshkent viloyati Sergeli tumanida yashovchi, muqaddam Oʻz.Res. JKning 168-moddasi bilan sudlangan I.X. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
I.X. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, oʻzaro kelishuv(aldov) yoʻli bilan pullarni olgani maʼlum boʻldi.
I.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3 qism bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.