Uchrashuv davomida mehmon Fatma Aksal Oʻzbekistonda gender tengligini taʼminlash, ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish borasi amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi.

Shuningdek, Turkiyada gender tengligini taʼminlash va ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi.

Oʻzaro muloqotda Feruza Eshmatova mamlakatda inson huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, hamda Oʻzbekistonning keyingi besh yillik taraqqiyotini belgilab beruvchi Taraqqiyot strategiyasining asosiy yoʻnalishlari va unda asosiy eʼtibor inson qadrini yuksaltirishga qaratilganligiga toʻxtaldi.

Shuningdek, Ombudsmanning 2021-yilgi faoliyatiga toʻxtalar ekan, oʻtgan yilda Vakil nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 18738 ta murojaatning, 42,9 foizi xotin-qizlardan, 52,6 foizi esa erkaklardan kelib tushganini qayd etdi.
Konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz Inson huquqlari boʻyicha Ombudsman 2021-yilning noyabrida Turkiya respublikasiga qilgan tashrifida Fatma Aksal xonim bilan ham uchrashib, gender tengligini taʼminlash masalasida oʻzaro tajriba almashishgan edi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati