Uning aytishicha, N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan vaktsina tez orada ro'yxatga olinib, oktyabr` oyidan ommaviy emlash tadbirlarini boshlash rejalashtirilgan.
"Ayni paytda ro'yxatga olish jarayonlari uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. SHuningdek, yana bir vaktsina ustida klinik tadqiqotlar ketmoqda, kelgusi bir yarim – ikki oy ichida klinik tadqiqotlar o'tkazish uchun ruxsat berilishini so'rab yana kamida ikkita ariza kelib tushishini kutyapmiz", – deya Murashkoning so'zlarini keltirmoqda RIA Novosti.
Vazirning qayd etishicha, birinchi navbatda aholining alohida toifalari – shifokorlar, o'qituvchilar va muntazam ravishda ko'plab odamlar bilan kontaktda bo'ladigan kishilar qamrab olinadi.
Boshqa davlatlarning Rossiya vaktsinasi tez muddatda tayyor bo'lganiga shubhalariga nisbatan aytish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel` oyida koronavirus profilaktikasiga oid klinik va unga qadar bo'lgan sinovlar hamda davlat ro'yxatidan o'tkazishni soddalashtirish va muddatini qisqartirish bo'yicha topshiriq bergan.