Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Shu jumladan, Oʻmonning Salala Porti orqali Afrika qitʼasiga chiqish, reeksportni yoʻlga qoʻyish, shuningdek baliqchilik va asalchilik tarmogʻida hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashish boʻyicha ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini yaqinroq aloqalar oʻrnatish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish boʻyicha hamkorlikda ishlashga oʻzaro tayyorlik bildirildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.