Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rang tasvirchi rassom Erkin Bozorovning “Ona yurt” nomli 40 dan ortiq ijod namunalaridan tashkil topgan koʻrgazma ochildi.
Taqdim etilgan asarlarda mamlakatimiz togʻ tizmalari, daryo, soylari, tekisliklariyu zamin neʼmatlari oʻz aksini topgan. Ayniqsa, “Vatan”, “Qoyalar orasida”, “Qishloqda”, “Taqayongʻoq togʻlarida”, “Oq togʻ etaklari” kabi asarlar diqqatingizni tortadi.
Rassom Navoiy viloyatining Nurota tumanida tugʻilgan. Navoiy shahridagi Tasviriy va amaliy sanʼat litseyida, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Dastgohli rangtasvir”yoʻnalishida bakalavr va magistrlik bosqichlarida oʻqigan. Qator respublika va xorijiy koʻrgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.
Koʻrgazma namoyishi davom etmoqda.
Hasan Abdunazarov