Ona qishloq xoʻjaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.

Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan Oʻzbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.

Ushbu masalada qarindoshlarining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014-yilda tugʻilgan farzandi G.B togʻasi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi.