DTSJning xodimlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibiyot markazining Sirdaryo viloyat filialida 2021-yilning dekabr oyida amalga oshirilgan davolash holatini oʻrganmoqda.
Markazda 65 ta oʻrin-joy mavjud boʻlib, dekabr oyida 354 nafar bemor davolangan. Ularning 267 nafari yoʻllanma bilan kelgan, shuningdek byudjet oʻrinlarda 16 nafar bemor pul toʻlab yotgan. Jarrohlik boʻlimida 82 ta jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yurtimizda roʻyxatga olingan xavfli oʻsma kasalliklari orasida sut bezi, oʻpka, qon va limfoid toʻqimalar xavfli oʻsmalari, bachadon boʻyni raki bilan kasallanish koʻrsatkichlari ancha yuqori.
Onkologiya xizmati uchun dori-darmon va sarflov vositalari soʻnggi besh yillikda qariyb sakkiz barobarga oshirilib, 2021-yilda bu koʻrsatkich qariyb 62 milliard soʻmga yetgan.
Kasallik qancha barvaqt aniqlab, unga qarshi vaqtida davo choralari koʻrilsa, bemor hayotini saqlab qolish imkoniyatlari shuncha yuqori boʻladi.