Onlayn oʻyinga berilib ketgan oʻsmir tengdoshini aldab uning onasining kartasidagi pulni ham yechib oldi

    Oʻsmir tengdoshini onlayn treyderlik savdolarida pullarini koʻpaytirib berishni aytib uni ishontirgan.

    Sirdaryo viloyatida yashovchi A.F. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning farzandi ishonchiga kirib, farzandi orqali A.F.ning oʻziga tegishli bank kartasidan 963.000 soʻm pullarini yechib olganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyat 2006-y.t. E.X tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

    E.X. fuqaro A.F. farzandining ishonchiga kirib onlayn treyderlik savdolarida pullarini koʻpaytirib beshni aytib aldab pullarini yechib olganligi maʼlum boʻldi.

    E.X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.