Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi, 2003-y.t. A.U., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida «Teleseyl» nomli kanalda nomaʼlum shaxs tomonidan qoʻyilgan eʼlondagi “IPhone” telefonini sotib olmoqchi boʻlib, sotuvchi bank kartasiga 1.350.000 soʻm pullarni oʻtkazib berganligi va shundan soʻng sotuvchi uni ijtimoiy tarmoqda bloklab, gʻoyib boʻlganligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, yana bir nechta fuqarolardan ushbu mazmundagi ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻrashgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, fuqarolarning pullarini talon-toroj qilgan shaxs, Jizzax viloyatida tugʻilgan, hozirda Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan, 2001-y.t., S.O. ekanligi aniqlangan.

S.O.ga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.