Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Ichki audit xizmati boshligʻi Salohiddin Toshmatov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, muassasalarda oʻtkazilgan inventarizatsiya jarayonida balansda aks ettirilmagan 8,7 mlrd. soʻmlik moddiy boyliklarni tashkilot balansiga kirimga olinishi taʼminlandi. 912,2 mln soʻmlik ortiqcha toʻlangan ish haqi va boshqa turdagi hisob-kitoblar keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratildi.
Bundan tashqari, profilaktika tadbirlarini oʻtkazish jarayonida 3 ta tashkilotda aniqlangan 259,0 mln. soʻmlik xato va kamchiliklarda jinoyat alomatlari mavjudligi sababli, rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborildi.
Moliyaviy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan tashkilotlardagi rahbar va masʼul xodimlarning 4 nafari lavozimidan ozod etildi. 31 nafariga nisbatan intizomiy va 1 nafariga nisbatan esa jarima jazo turlari qoʻllanildi.