Qarorga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 24-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi negizida opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.

Maktab internat uchun qoʻshimcha bino va inshootlar, shu jumladan 100 oʻrinli yotoqxona va oshxona, 120 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi quriladi.

Maktab internat Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi hisoblanadi.

2021/2022 oʻquv yilida maktab-internatning 5, 6 va 7-sinflariga, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab esa 5 sinfiga 25 nafardan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.