Davlatimiz rahbari raisligida ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirus sabab O‘zbekistonda o‘pka kasalliklari bo‘yicha bemorlar soni 18 foizga oshgani qayd etildi. 

OIV bilan kasallanish holati ham ko‘p. Bu ayniqsa Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida dolzarb.

Kelasi yildan “O‘pka salomatligi” mobil brigadalari tashkil etiladi va ular chekka hududlarda bolalarni skrining tekshiruvlardan o‘tkazadi. 

Tuberkulyoz bilan kasallanganlar bepul dorilar bilan ta’minlanadi. Buning uchun byudjetdan 40 mlrd. so‘m ajratiladi.