Olimlarning ta'kidlashicha, niqobdan foydalanishning iloji bo'lmasa, ingalyatordan foydalanish mumkin. Ish natijalari Nature Materials jurnalida e'lon qilindi.

Yangi  SHIELD preparati – bu ingalyatorda foydalaishga mo'ljallangan kukun. Kukunning o'zi sferik gidrogeldan (jelatin va akril kislota) iborat bo'lib, u o'pkadagi tabiiy shilimshiq modda bilan bog'lanadi va patogenlarning kirib kelishiga to'sqinlik qiluvchi himoya qatlamini hosil qiladi.

Hayvonlar modelida (sichqonlar va maymunlar) inyeksiyadan so'ng darhol o'z ta'sirini 24 soat davomida saqlab qoldi va eng ko'p samaradorlik dastlabki sakkiz soat ichida kuzatildi. Bundan tashqari, nafas olish yo'llarining funksiyasiga zarar yetkazmagan holda undan qayta-qayta foydalanish mumkin va 48 soatdan keyin u tanadan butunlay chiqarib tashlanadi.

SHIELD sichqonchda sinab ko'rildi va qo'llanilganidan to'rt soat o'tgach SARS-CoV-2 virusi modelining zarralarini 75 foiz samaradorlik bilan blokladi, 24 soatdan keyin ko'rsatkich 18 foizga tushdi. Bu pnevmoniya va H1N1 (A grippi) viruslarida ham shunday natija berdi.

Hujayralarda ham ingalyator ijobiy natijalarni ko'rsatdi: yuqori konsentratsiyaga duchor bo'lgan 95 hujayra sog'lom holatda qoldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, ularning ishlanmasi standart shaxsiy himoya choralari bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelingan vaziyatlarda, masalan, sport, yaqin ijtimoiy muloqot yoki ovqatlanish paytida odamlar uchun “ko'rinmas niqob” vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, SHIELD texnologiyasi asosida havoni ifloslantiruvchi allergen yoki zarrachalar kabi boshqa omillardan himoya qiluvchi dori vositalari ishlab chiqish mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.