“Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʻlimi ana shu tuzilma xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.
Kuni kecha ana shu ishlarning uzviy davomi sifatida Urganch tumanidagi “Oq maktab” mahalla fuqarolar yigʻiniga 50 million soʻmlik, mebellar jamlanmasini topshirdi.
Bu esa mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari uchun kutilmagan tuhfa boʻldi. Endi ular oʻzlariga yuklatilgan vazifaga sidqidildan kirishib, davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan ishonchni yuksak qadrlab, xalq ishonchini oqlash uchun astoydil mehnat qilishadi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat boʻlimi matbuot xizmati