Musobaqada yoshlar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy bahslarda yigitlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu o‘q otish sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk medal sifatida qayd etildi.
Bugun Qohirada ulkan natija ko‘rsatgan jamoamiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Tadbirda Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi, O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.
"Dunyo birinchiligida Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonov shohsupaga ko‘tarildi. Terma jamoa kichik tanaffusdan so‘ng oldinda turgan boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi", deyiladi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabarida.