Bekzod Qurbonov jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

    Sport 28 Aprel 2025 697

    Bir necha kun poytaxtimizda davom etgan konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha xalqaro musobaqalar oʻz yakuniga yetdi.

    Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining maʼlum qilishicha, hamyurtimiz Bekzod Qurbonov mazkur bellashuvlardan keyin jahon chempionati yoʻllanmasi uchun kerakli ballarni jamgʻardi va kelasi yili Germaniyaning Aaxen shahrida tashkil etiladigan dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

    160 sm (toʻsiq balandligi):

    • 1. Rinat Galimov (Qirgʻiziston, “Grey-Dʼargouges” laqabli otda)
    • 2. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Matts V.G”)
    • 3. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Quintos HB”)

    130 sm:

    • 1. Kseniya Xayrulina (Rossiya, “Aqdarius”)
    • 2. Bekzod Qurbonov (Oʻzbekiston, “Santos Hippica”)
    • 3. Andrey Tryapitsin (Qirgʻiziston, “Florizell”)

    Jamoaviy dastur:

    • 1. Oʻzbekiston
    • 2. Rossiya
    • 3. Qozogʻiston