Chavandozimiz Eronda gʻalaba qozondi

    Sport 4 May 2025 841

    30-aprel — 2-may kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSIY-B xalqaro turniri boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, ushbu turnirda ishtirok etgan hamyurtimiz Dilshod Shokirov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Sportchimiz ushbu muvaffaqiyatga 110-115 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida erishdi.