Saroy katta maydonni egallagan: faqatgina hovlisining kengligi 120-125 m, uzunligi 240-250 m edi.
Binoning saqlanib qolgan qismlari asosida uning balandligi 70 m boʻlganligi taxmin qilinadi.
Bir paytlar saroyning tomi ustida ulkan hovuz qurilgan boʻlib, unga Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali suv keltirilgan.
Saroy darvozasi juda katta boʻlgan. Yana bir eshikdan katta hovliga chiqilgan. Hovlining ikki yonida hashamatli ayvonlar boʻlgan.
Hovlidan uyga kiriladi. Uyning eshigi lojuvard boʻyoqlar va koshinlar bilan bezatilgan.
Peshtogʻi tepasida quyosh fonidagi sher tasviri bor.
Oqsaroy oradan uch asr oʻtib vayronaga aylangan.
Bugungi kunda saroy peshtoqsiz, faqat ikki yonidagi minora va poydevorining bir qismi saqlanib qolgan.