Tadbirda fuqarolar T.T. va M.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni Qozogʻiston Respublikasidagi yuridik taʼlim yoʻnalishidagi oliygohlardan biriga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini tanishlari orqali 2-bosqichdan Toshkent davlat yuridik universitetiga koʻchirib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Shoʻrchi tumani Xalq taʼlimi boʻlimi metodisti R.Q. fuqaro J.A.ning ishonchiga kirib, uning ukasi Qozogʻiston Respublikasi “M.Avezov” nomidagi universitet talabasi A.ning oʻqishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga tanishlari orqali koʻchirib berish evaziga 1 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Parkent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.X. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning oʻgʻlini sherigi B.P. orqali Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.