Navoiy viloyatining olis cho'l hududida joylashgan Zarafshon shahar “Yangi Zarafshon” MFY 5-mavze 110-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sherbek Shukurov turmush o'rtog'i Xadicha Namozovaning shahar hududida faoliyat ko'rsatayotgan “M” MCHJga (nomi o'zgartirilgan) qarashli uch oylik o'quv kursida tahsil olib, tegishli sertifikat berilmaganidan norozi bo'lib O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.

Zarafshon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari olib borgan o'rganishlar natijasida haqiqatdan ham fuqaro X.Namozovaning ushbu kursda tahsil olgani, shartnomaga asosan tegishli mablag'ni to'lgani, ammo uch oyga yaqin muddat o'tgan bo'lsa-da hamon sertifikat berilmagani ma'lum bo'ldi.

Pirovardida, o'quv uchun to'langan 2 million 100 ming so'm miqdoridagi mablag' fuqaroning plastik kartochkasiga o'tkazib berildi.