Xalq taʼlimi vazirining Nazorat–huquqiy xizmati tomonidan hodisa 2020-yilning 15-fevral kuni Kitob tumani Xalq taʼlim boʻlimiga qarashli 85-umumtaʼlim maktabida yuz berganligi aniqlandi.

«Maʼlum boʻlishicha, maktabda fan amaliyoti oʻtab, 5-sinfda dars mashgʻulotlari olib borayotgan Qarshi davlat universitetining tarix fakulteti 4–kurs talabasi Bobonazar Xurramov oʻquvchining tartibsizlikka yoʻl qoʻygani, uy vazifasini bajarmaganligi bois tanbeh bergan.

Oʻqituvchining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazganligi uchun oʻquvchining buvisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197(5)-moddasiga asosan maʼmuriy ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ariza kiritilayotganini maʼlum qilamiz.

Hurmatli ota-onalar!

Sizlar tomondan oʻqituvchilarga qilinayotgan har qanday nojoiz munosabat bolaning ongiga salbiy taʼsir qilib unda oʻqituvchi va maktabga nisbatan hurmatsizlik hissini yana-da avj oldiradi. Farzandlaringizga maktab muqaddas dargoh, oʻqituvchi esa hurmatli inson ekanligini uqtirib boring, aks holda keyingi pushaymon oʻzingizga dushman boʻlishi mumkin!

Hurmatli oʻqituvchilar!

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuning 45-moddasiga asosan sizning huquqlaringiz, shaʼningiz, qadr-qimmatingiz va ishchanlik obroʻingiz davlat himoyasida.

Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 197(5)-moddasiga koʻra hech kim sizning xizmat vazifalaringizni bajarishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas. Shunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda siz toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilish huquqiga egasiz.

“Talim toʻgʻrisida”gi Qonunga binoan Oʻzbekiston Respublikasida taʼlimning ustuvorligi taʼminlangan.

Sizga bu borada huquqiy maslahat zarur boʻlgan taqdirda «Ustoz ovozi» virtual inspektoriga yohud hududingizdagi vazirning Nazorat–huquqiy Xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Shaʼningiz va qadr-qimmatingiz poymol boʻlishiga yoʻl qoʻymang!», — deyiladi XTV xabarida.