Ushbu holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Maktab direktori oʻz koʻrsatmasida, taʼlim muassasasida qurilish ishlari olib borilgani, shu sababli qurilishdan chiqqan chiqindilarni tozalash ishlariga 30 ga yaqin oʻqituvchi-pedagog va texnik xodimlarni majburan jalb qilgani, xodimlar ish stavkalari va dars soatlari qisqarib ketishidan xavotir olib ushbu ishlarni koʻrsatmasi asosida bajarganini qayd etgan.
Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qarori talablarini buzganligi aniqlangan.
Shu sababli, Asaka tumanidagi 37-umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (34 000 000) miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi.