Maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mahalliy byudjet hisobidan 3 yil avval boshlangan qurilish ishlarini nihoyasiga etkazish to'g'risida tuman hokimligi bilan kelishib olindi. Maktabda pedagoglar bilan suhbat o'tkazilib, ta'lim sifatini yaxshilash, o'quvchilarga etarli bilim berish, kelajagimiz taraqqiyoti uchun pedagoglar mas'uliyatini oshirish zarur ekanligi ta'kidlandi.
Pedagoglarning ta`lim jarayonini yaxshilash borasidagi takliflari tinglandi.
Maktab kutubxonasida iqtidorli o'quvchilar bilan ham muloqotda kelajakdagi kasblari haqida suhbatlashildi, bilimlarini oshirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, kitob o'qishga alohida e`tibor berish lozimligi ta'kidlandi, 2 nafar ijodkor o'quvchiga planshet sovg'a qilindi.
Shuningdek, Uzun tumanidagi 18-maktabda ham bo'lib, malakali pedagoglar bilan ta'minlash bo'yicha topshiriq berildi, maktab sport zali tuman hokimligi tomonidan ta'mirlab beriladigan bo'ldi.