Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M., boshqa bir fuqaro M.ga “M” chorva dehqon xoʻjaligiga qarashli 40 sotix yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan 30 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.