“Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan “A.M.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologik jarayonlarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish jarayonida AGTKSH faoliyatida litsenziyalash talab va shartlariga hamda texnologik reglament talablariga zid ravishda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu holatdagi qoidabuzarlikka sabab boʻluvchi omillar toʻliq bartaraf etilgunga qadar mazkur AGTKSHlar tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.