Joriy yilning 5-iyul kuni para taekvondo sport turi bo‘yicha terma jamoa a’zolariga Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan "Antidoping qoidabuzarlik turlari" mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida L.Umedova sportchi, murabbiylarga sportda taqiqlangan modda, uning metaboliti yoki markerining sportchidan olingan sinamada mavjudligi, sportchi tomonidan ta’qiqlangan uslubni qo‘llash va qo‘llashga urinish, doping-test topshirishdan bosh tortish, qarshilik ko‘rsatish, tashrif buyurmaslik, sportchi tomonidan ADAMS tizimida ma’lumot taqdim etish tartibini buzish, sportchi hamda uning personali tomonidan doping-nazoratining barcha bosqichida soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida sportchilar, murabbiy va sport shifokorlariga mavzu bo‘yicha slaydlar yordamida qiziqarli ma’lumotlar berildi hamda ishtirokchilar doping nazorat qoidalari, Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan ta’qiqlangan moddalar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.