Xabaringiz bor, ushbu sport musobaqalarining final bosqichidan oʻrin olgan 12 sport turi boʻyicha oʻtkazilishi kerak boʻlgan 14 ta musobaqaning 6 tasi yakuniga yetdi.

Bugun, 4-mart kuni final bosqichining yettinchi – gandbol boʻyicha qizlar oʻrtasidagi musobaqa Namangan shahrida start oldi.

Musobaqada hududiy bosqichlarda eng kuchli ekanliklarini isbotlay olgan 4 ta hudud – Toshkent shahri, Samarqand, Andijon va Navoiy viloyatlari terma jamoalari ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgacha oʻtkazilgan 6 ta musobaqadan soʻng “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi yakuniy jadvalida Xorazm viloyati terma jamoasi 66 ochko bilan 1-oʻrinda bormoqda. 2-oʻrinda 65 ochko toʻplagan Samarqand viloyati terma jamoasi joylashgan boʻlsa, 3-oʻrinni 63 ochko bilan Buxoro va Fargʻona viloyati terma jamoalari boʻlishib turibdi.