O‘quvchilarga qanday qo‘shimcha mahsulotlar berish kerak?

    Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar tanavvul qiladigan oziq-ovqatlar vitaminlarga boy, to‘yimli va asosiysi, salomatlik uchun xavfsiz bo‘lishi zarurligini yozmoqda.

    Ta’kidlanishicha, nafaqat taomlar, balki qo‘shimcha ovqat sifatida iste’mol qilinadigan mahsulotlarga ham tegishli talab.

    “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da o‘quvchilarni qo‘shimcha ovqatlantirishga doir me’yorlar ham belgilangan. Ular quyidagi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi:

    - mevalar (olma, nok, mandarin, apelsin, banan va boshqalar);

    - idishga solingan, gazlanmagan ichimlik suvi;

    - meva va sabzavot sharbatlari, ichimliklar, instant, vitaminli ichimliklar;

    - sterillangan sut va sut mahsulotlari (yog‘lilik darajasi 2,5 va 3,2 foiz);

    - achitilgan sutdan tayyorlangan mahsulotlar (yog‘lilik darajasi 2,5 va 3,2 foiz);

    - tvorogli mahsulotlar (yog‘lilik darajasi 9 foizdan oshmasligi zarur);

    - non mahsulotlari;

    - ishlab chiqarilgan va uyda pishirilgan, mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli) xamirli qandolat mahsulotlari (pishiriq, vafli, kichik kekslar);

    - qandolat mahsulotlari (iris, zefir, batonchik, konfetlar), shu jumladan mikronutriyentlar bilan boyitilgan (vitaminli) shokolad.

    "Ushbu mahsulotlar bittadan assortimentda, ishlab chiqarish turidagi qadoqda tarqatilishi lozim", deyiladi mazkur tavsiyada.