Holat boʻyicha viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida joylashgan 49-maktabda sodir boʻlgan. Hozirda tasvirdagi Milliy gvardiya xodimi ishdan olingan.
“Mazkur holat yuzasidan xizmat surishtiruvi oʻtkazilib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va videotasvirda aks etgan xodim hozirda egallab turgan lavozimidan chetlashtirilganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda